Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Hojimat Erkinov "sherlar" safiga qaytmoqda. Futbolchi bir yil davomida BAAning "Al Vahda" klubida to'p tepdi va ayni paytda erkin agentga aylandi.
Eslatib o'tamiz, Erkinov "Paxtakor" safida jami 75 ta o'yin o'tkazgan, 17 ta gol urgan va 8 ta golli uzatma bergan. Transfermarkt portaliga ko'ra, Hojimat Erkinovning hozirgi transfer narxi 1,5 million evroga teng.