Shomurodov: "Argentinaga qarshi o'ynab, qaysi jihatlarimizni kuchaytirish kerakligini bilib olsak bo'ladi"

  • Mr.NoBoDy 13.07.2025 16:08
  • 69
  • 30

"90minutuz" podkastining navbatdagi sonida O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov ishtirok etdi.

Tajribali hujumchi podkast mobaynida CAFA turniridagi ishtirok va Argentina bilan o'yin borasida fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

"CAFA turniriga kelamanmi? Ha, har doim terma jamoa uchun kelishga tayyor bo'lganman. Termadagi faoliyatimni tugatsam, o'shanda dam olishim mumkin. 

Albatta, Argentina bilan o'yinda milliy jamoamiz uchun juda ham muhim, chunki shunda qanday darajada ekanligimizni ko'rib olamiz. Argentina – jahon chempioni, unga qarshi o'ynab, qaysi jihatlarimizni kuchaytirish va o'zgartirish kerakligini bilib olsak bo'ladi. Kelishuv amalga oshsa, O'zbekiston uchun har taraflama foydali bo'ladi", – dedi Shomurodov. 

"90minutuz" podkasti to'liq holda:

Ўхшаш янгиликлар