40 yoshli Kasorla "Ovedo" bilan shartnomasini 2025/26 yilgi mavsumga uzaytirdi. Klub La Ligaga qaytdi

  • Mr.NoBoDy 13.07.2025 17:00
  • 51
  • 30

Santi Kasorla kelasi mavsumda ham "Ovedo" sharafini himoya qiladi.

Klub 40 yoshli yarim himoyachi bilan shartnomani 2025/26 yilgi mavsum oxirigacha uzaytirganini elon qildi.

Kasorla "Ovedo" tarbiyalanuvchisi bo'lib, 2023 yilning yozida jamoaga qaytgan.

O'tgan mavsum yakunlariga ko'ra, klub pley-off finalida "Mirandes"ni mag'lub etib (0:1, 3:1) La Ligaga yo'l oldi. "Arsenal", "Vilyarreal" va Ispaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi Segundaning 35 o'yinida 5 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ўхшаш янгиликлар