"Chelsi" 2025 yilgi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqdi. Turnir finalida inglizlar "PSJ"ni 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
O‘yin AQSHning Ist-Ruterford shahridagi "Metlayf Stedium" stadionida bo‘lib o‘tdi. O‘yinning 22-daqiqasida Koul Palmer hisobni ochdi va sakkiz daqiqadan so‘ng dublni rasmiylashtirdi. Uchrashuvning 43-daqiqasida Joao Pedro Palmerning uzatmasidan keyin "Chelsi"ning uchinchi golini urdi.
Turnir yangilangan formatda o‘tkazildi - unda ilk bor oltita qit’a konfederasiyasidan 32 ta klub ishtirok etdi.
"Chelsi" tarixda ikkinchi marta klublar o‘rtasidagi jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. 2021 yilgi finalda London jamoasi "Palmeyras"ni mag‘lub etdi. Sovrinlar soni bo‘yicha rekordchi "Real" bo‘lib, uning hisobida beshta sovrin bor.