"Barselona" futbolchisi Lamin Yamal instagram sahifasiga surat joyladi va uni bir necha daqiqadan so'ng o'chirib tashladi. Ushbu surat juda xira bo'lib, unda Yamalning 10-raqamli libosni kiyib olganini payqash mumkin. Turli manbalar futbolchi bu harakati bilan yangi mavsum 10-raqamni olishiga ishora qildi deb hisoblamoqda.
Malumot uchun, "Barselona"dagi 10-raqam Lionel Messi bilan yodda qolgan. Leo jamoani tark etganidan so'ng ushbu raqam yosh va umidli Ansu Fatiga berilgandi. Biroq, Fatining "Barselona"da omadi kelmadi, u shu yozda "Monako"ga ijaraga berildi.