Bu haqda "Sky Sport Deutschland" jurnalisti Florian Plettenberg malum qildi.
"Neom" Jakani 6 million evro evaziga sotib olishni rejalashtirmoqda. Futbolchi yiliga 10 million evro oladi.
Germaniya chempionatining so'nggi mavsumida Jaka 33 o'yinda maydonga tushib, 2 ta to'p kiritgan hamda 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan edi.
Malumot o'rnida, ayni paytda "Neom" tarkibida Marcin Bulka, Ahmad Hegazi, Said Benrahma, Aleksandr Lyakazett kabi yulduzlar bor.