Mersisaydliklar hujum chizig'ini kuchaytirish niyatida, shuning uchun ular braziliyalik vinger Rodrigo xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. "Qirollik klubi" franciyalik himoyachi Ibraima Konateni jamoaning Klublar o'rtasidagi jahon chempionatidagi omadsizligi va Franciyaning PSJ jamoasidan qabul qilib olingan alamli mag'lubiyatidan (4:0) so'ng safiga qo'shib olmoqchi.
Ispaniya matbuoti xabariga ko'ra, jamoalar o'yinchilarni almashish imkoniyatini o'rganmoqda. "Liverpul" Konate va Rodrigoning transfer qiymatidagi farqni qoplashga tayyor, chunki braziliyalik futbolchi franciyalikdan 30 million evroga qimmatroq (90 va 60).
Angliya chempioni futbolchisini tekinga yo'qotmoqchi emas – himoyachining shartnomasi bir yildan keyin tugaydi, u hamkorlikni davom ettirmaydi. Shu sababdan "Liverpul" madridliklarga Rodrigoni berishni taklif qildi va buning evaziga "qaymoqranglilar" Konate va 30-35 million evro oladi.
Ayni damda "qirollik klubi" vingerning kelajagi bo'yicha yakuniy qarorga kelmagan, biroq uning ketishiga to'sqinlik qilmoqchi emas. "Real" almashuvga rozi bo'lishi mumkin, lekin avvalo Angliyadan kelgan taklifni o'rganib chiqadi.