"Barselona" va "Kopengagen" Runi Barji transferi bo'yicha kelishuvga erishdi. Yosh iqtidor egasi 2 millon evro evaziga xarid qilindi.
Vinger Kataloniya klubi bilan 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi.
19 yoshli futbolchi o'tgan mavsum 6 o'yinda qatnashgan va jarohati sabab bir necha oy maydonga tusha olmagan edi.
Barji asli Kuvaytdan. 7 yoshida u ota-onasi bilan Shveciyaga ko'chib ketgan va futbolchilik faoliyatini boshlagan.