Lionel Messi MLSda turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
"Inter Mayami" hujumchisi Shimoliy Amerika ligasining 23 va 24-o‘yin kunlari yakunlariga ko‘ra sovrinni qo‘lga kiritdi.
10 iyul kuni argentinalik futbolchi "Nyu-Inglend Revolyushn"ga (2:1) qarshi o‘yinda dubl qayd etgan bo‘lsa, 13 iyul kuni "Neshville"ga (2:1) ikkita gol urdi.
Shu tariqa, Messi MLSning joriy mavsumida 4-marta kunning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu Leoning "Inter Mayami"dagi faoliyatidagi 10-mukofotidir. U 2023 yildan beri MLSda faoliyat yuritmoqda.
Ilgari atigi besh nafar o‘yinchi ushbu sovrinni 10 yoki undan ortiq marta qo‘lga kiritgan.