O'zbekiston MTJ azosi Eron chempioni bilan shartnoma imzolaydi

  • Mr.NoBoDy 15.07.2025 07:40
  • 66
  • 30

Terma jamoamizning yana bir azosi Eron chempionatiga yo'l olmoqda.

"Bunyodkor" yarim himoyachisi Odil Hamrobekov faoliyatini "Traktorsozi" jamoasida davom ettiradi. Bu haqida totalfut_plus nashri xabar bermoqda.

Malumot uchun, "Traktorsozi" amaldagi Eron chempioni hisoblanadi. 

29 yoshli yarim himoyachi joriy mavsum Superliganing 15 ta uchrashuvida maydonga tushib, 1 ta golli uzatma amalga oshirdi. Uning "qaldirg'ochlar" bilan tuzgan shartnomasi 2026 yilning so'nggiga qadar mo'ljallangan.

Ўхшаш янгиликлар