Bellingem elkasini operaciya qildirdi."Real" yarim himoyachisi qancha muddatga safdan chiqqani malum

  • Mr.NoBoDy 16.07.2025 23:48
  • 84
  • 30

Jud Bellingem elkasidan operaciya qilindi.

"Real" tibbiy muolajaning muvaffaqiyatli yakunlanganini malum qildi. Yarimhimoyachining elkasida 2023 yil noyabridan beri muammolar mavjud edi.

"O'yinchimiz Jud Bellingemning chap elkasidagi takrorlanuvchi chiqish tufayli muvaffaqiyatli operaciya o'tkazildi. Jarrohlik amaliyotini shifokorlar Manuel Lees va Endryu Uolles "Real Madrid" klubi tibbiy xizmati nazorati ostida amalga oshirdilar. Hozirda Bellingem mashg'ulotlarga qaytishdan oldin tiklanish bosqichidan o'tmoqda," - deya xabar berildi "Real"ning rasmiy saytida.

Avvalroq, Bellingemning jarrohlik amaliyotidan keyingi tiklanishi 10 haftadan 12 haftagacha davom etishi aytilgan edi.

Ingliz futbolchisi La Liganing o'tgan mavsumida 31 ta o'yinda ishtirok etib, 9 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma berdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar