Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘yinlarini 2 milliard tomoshabin tomosha qildi, 5 foizi DAZN premium-xizmatiga obuna bo‘ldi

  • Mr.NoBoDy 17.07.2025 11:00
  • 45
  • 30

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini ikki milliard tomoshabin tomosha qildi.

"Chelsi" turnirning final uchrashuvida "PSJ"ni mag‘lub etib (3:0) kubokni qo‘lga kiritdi.

The Guardian nashrining DAZN insayderlariga tayanib yozishicha, musobaqaning umumiy auditoriyasi ikki milliard tomoshabinni tashkil qilgan. Shu bilan birga, tomoshabinlarning taxminan 5 foizi premium-xizmatga obuna bo‘lishdi.

Qayd etilishicha, reytinglar ayniqsa Braziliyada "Palmeyras" 1/8 finalga, "Fluminense" esa yarim finalga chiqqanidan keyin yuqori bo‘lgan.

Xususan, "Chelsi"ning "Los-Anjeles"ga qarshi o‘yinini DAZN ilovasida 8 million tomoshabin tomosha qilgan va Buyuk Britaniyadagi sublisenziyani hisobga olgan holda umumiy auditoriya 25 millionga yaqin tomoshabinga yetgan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar