"Manchester Yunayted" klubi yozda birorta o'yinchini transfer qilmagan bo'lsa ham 24 mln evro foyda ko'rdi. Gap shundaki, "Manchester Yunayted" qachonlardir o'z futbolchilari bo'lgan o'yinchilarning qayta savdosidan foyda ko'rgan. MYU Karrerasni "Real"ga (8,8 million), Elangani "Nyukasl"ga (7 million) va Oedeleni "Strasburg"ga (2,4 million) qayta sotilishidan ulush oldi. Bundan tashqari, "MYU" yana 5,8 million evroni "Chelsi" Sanchoni ijaradan so'ng sotib olishdan bosh tortgani uchun qo'lga kiritdi: londonliklar uni sotib olmaslik uchun jarima to'lashni maqul ko'rdilar.