Malayziya “CAFA Nations Cup 2025” musobaqasida ishtirok etmaydi

  • Mr.NoBoDy 17.07.2025 02:05
  • 57
  • 30

Markaziy Osiyo Futbol Assotsiatsiyasi Malayziya “CAFA Nations Cup 2025” musobaqasida ishtirok etmasligini maʼlum qildi.

Malayziya ushbu turnirda qatnashishini oldindan tasdiqlagan edi. Turnir sanalari — 2025-yil 29-avgustdan 8-sentabrgacha — avvalroq belgilangan boʻlib, turnir sanalari oʻzgarishi koʻzda tutilmagan. CAFA turnirni yuqori saviyada va raqobatbardosh tarzda oʻtkazish majburiyatiga sodiq qoladi hamda ishtirok etayotgan barcha milliy jamoalarga samimiy minnatdorchilik bildiradi, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, musobaqa reglamentiga koʻra, 35 nafargacha futbolchidan iborat dastlabki roʻyxatdan har bir oʻyinga alohida yakuniy tarkib taqdim etilishi mumkin hisoblanadi. Bu esa terma jamoalarga moslashuvchanlik va asosiy futbolchilarning keyingi oʻyinlarga qoʻshilishiga imkon beradi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar