JCH 3-saralash bosqichida uchinchi va to'rtinchi o'rinlarni egallagan oltita jamoa – Indoneziya, Iroq, O'mon, Qatar, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari – 2025 yil 8 oktyabrdan 14 oktyabrgacha markazlashtirilgan formatda kurash olib borish uchun uchta jamoadan iborat ikkita guruhga bo'linadi. Guruh g'oliblari 2026 yilgi FIFA Jahon chempionatiga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani qo'lga kiritadi.
"A" guruhi
Qatar
BAA
O'mon
"B" guruhi
Har bir guruhning ikkinchi o'rin egalari 2025 yilning 13 va 18 noyabr kunlari FIFA pley-offiga chiqish uchun ikki o'yinli bellashuvda ishtirok etadi. G'olib FIFA pley-off turniriga yo'l oladi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi 5 iyun kuni BAA bilan durang qayd etib, muddatidan oldin JCHga yo'l olgan edi.