"Real" Alabadan qutulmoqchi

  • Mr.NoBoDy 17.07.2025 19:56
  • 75
  • 30

"Real" rahbariyati ushbu transfer oynasida avstriyalik tajribali himoyachi David Alaba bilan xayrlashmoqchi.

AS nashri xabariga ko'ra, "qirollik klubi" 33 yoshli avstriyalik futbolchi bilan yaqin orada xayrlashishga umid qilmoqda. "Real" maosh xarajatlarini qisqartirib, so'nggi yillarda tez-tez jarohatlar tufayli deyarli o'ynamaydigan himoyachidan qutulmoqchi. 

Qayd etish joiz, Alabaning o'zi ham madridliklar jamoasidan ketishni istamayapti va shartnomasini oxiriga etkazib qo'ymoqchi. Avstriyalik futbolchining "qaymoqranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Eslatib o'tamiz, David Alaba o'tgan mavsum barcha turnirlarda jami bor-yo'g'i 14 o'yin o'tkazgan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar