Obameyang "Al Qodisiya"ni tark etdi va Evropaga qaytishi mumkin

  • Mr.NoBoDy 18.07.2025 15:16
  • 51
  • 30

Hujumchi Per‑Emerik Obameyang Saudiya Arabistonining "Al Qodisiya" klubidan ketdi.

Buni klub matbuot xizmati ham tasdiqladi.

36 yoshli Obameyang Saudiya Arabistoni Pro-ligasida bir mavsum o'tkazdi va yakunda "Al Qodisiya" to'rtinchi o'rinni egalladi. Obameyang 17 ta gol urdi va chempionat to'purarlari ro'yxatida ettinchi bo'ldi.

"Butum qalbimiz bilan sizga kelajakda eng yaxshilarini tilaymiz. Maydonda boringni berding!", – deyiladi xayrlashuv bayonotida.

Avvalroq "Footmercato" nashri Obameyang 2023/24 yilgi mavsumda o'zi o'ynagan "Marsel"ga qaytishi mumkinligini xabar qilgan edi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar