"U ajoyib fazilatlarga ega. Men u bilan ikki marta shartnoma imzolaganman. U menga o'g'limdek edi, hozir ham shunday. Ayni damda biz u bilan qiziqmayapmiz, ammo kelajakda nima bo'lishini ko'ramiz", – dedi ten Hag.
Braziliyalik futbolchi "Ayaks"da ten Hag qo'l ostida o'ynagan, u erdan 2022 yilda 95 mln evro evaziga "Manchester Yunayted"ga o'tgan. Uning mankunianliklar bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar amal qiladi.