Avvalroq xabar qilinganidek, Kamerun terma jamoasi 25 yoshli futbolchisining MYUga transferi umumiy summasi 71 million funtni tashkil etadi. 65 million funtlik asosiy summa to'rt qismga bo'lib to'lanadi, shuningdek, kelishuvga 6 million funtlik bonuslar kiritilgan. BBC malumotlariga ko'ra, bonus qismi 5 million funtni tashkil etadi.
Brian bilan shartnoma 2030 yilgacha mo'ljallangan va uni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati mavjud.
O'tgan mavsumda Mbemo APLda 38 o'yinda 20 gol urib, 7 ta golli uzatma qildi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq mankunianliklar "Vulverxempton"dan Mateus Kunyani 62,5 million funtga sotib olgan edi.