Saudiya Arabistoni futbolchilari O'zbekiston U-23ga qarshi bahs oldidan nimalar dedi?

  • Mr.NoBoDy 22.07.2025 07:08
  • 78
  • 30

Saudiya Arabistoni U-23 terma jamoasi bugun "Mirabror Usmanov Cup-2025" doirasida O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bilan to'qnash keladi.

"O'rtoqlik uchrashuvlari bo'lsa ham ushbu musobaqaga jiddiy etibor qaratganmiz. Ertangi uchrashuvda g'alaba qozonish uchun borimizni beramiz. O'zbekiston bilan so'nggi Osiyo Kuboklarida to'qnash kelgan edik va kelajakda ham ushbu jamoa bilan o'ynaymiz.

O'zbekiston ancha kuchli terma jamoa. Ertangi o'yin qiziqarli bo'lishini kutyapman. Biz ushbu musobaqa orqali o'z maqsadlarimiz sari qadam qo'yishda davom etishni maqsad qilganmiz" - deya fikr bildirdi "Al-Ula" futbolchisi Faysal Al Asmari.


"Yozgi tanaffusdan so'ng yana maydonga qaytdik va O'zbekistonga qarshi uchrashuvga tayyorgarlik ko'rishda davom etyapmiz. Ko'pchilik futbolchilar o'z klublari bilan mavsum oldi yig'inlarda ishtirok etishmoqda. Endi esa biz terma jamoa yig'iniga kelib qo'shildik.

Ushbu musobaqada O'zbekiston va Yaponiyaga qarshi o'ynaymiz. Osiyo "gigant"lari. Avvalroq aytib o'tganimdek, biz yaqindagina klublarimiz bilan yig'inda edik. Endi esa ushbu musobaqada imkon qadar yaxshiroq ishtirok etishga harakat qilamiz" - deya fikr bildirdi jamoa sardori va "Neom" klubi azosi Muhammad Al Davsari.


Eslatib o'tamiz, "Mirabror Usmanov Cup-2025" musobaqasidan o'rin olgan O'zbekiston U-23 - Saudiya Arabistoni U-23 uchrashuvi bugun soat 20:00da "JAR" stadionida bo'lib o'tadi.


Ўхшаш янгиликлар