Myuller faoliyatini MLSda davom ettiradi

  • Mr.NoBoDy 22.07.2025 21:48
  • 63
  • 30

"Bavariya"ning sobiq yarim himoyachisiga "Los-Anjeles" va yana bir klub qiziqmoqda.

Tomas Myuller karerasini MLSda davom ettiradi. Sky Sport malumotiga ko'ra, germaniyalik yarim himoyachi MLSning ikki klubidan biriga o'tishi mumkin. Faoliyatini davom ettirish variantlaridan biri "Bavariya"ning hamkori hisoblangan "Los Anjeles" jamoasidir. Myullerning yangi jamoasi yaqin 7-10 kun ichida malum bo'lishi kutilmoqda.

Myuller o'tgan mavsum yakunida "Bavariya"ni erkin agent sifatida tark etdi. Nemis futbolchi 2000 yildan beri klub tizimida bo'lib, 2007 yilda asosiy jamoada debyut qilgan edi.

Myunxenliklar safida yarim himoyachi 13 marta Bundesliga g'olibi, 6 marta Germaniya kubogi sohibi, 8 marta mamlakat Superkubogi g'olibi bo'ldi hamda 2 martadan Chempionlar ligasi, Evropa Superkubogi va klublar jahon chempionatida g'oliblikni qo'lga kiritdi.

Ўхшаш янгиликлар