Lionel Messi yaqinlashib kelayotgan MLS yulduzlar o‘yinida ishtirok etmaydi, bunga uning to‘pig‘idan olgan jarohati sabab bo‘lgan.
ESPN xabariga ko‘ra, ushbu tadbirni o‘tkazib yuboradigan argentinalik chempionatning bir o‘yiniga diskvalifikasiya qilinishi mumkin - bunday sanksiyalar liga reglamentida ko‘zda tutilgan. Uchrashuvni uning "Inter Mayami"dagi sherigi Luis Suares ham o‘tkazib yuboradi. Jamoadan ma’lum qilishlaricha, hujumchi tizzasida noqulaylik sezmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Messi MLSda ajoyib mavsum o‘tkazmoqda - "Inter Mayami" safida 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 24 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
MLS yulduzlari va Meksika MX ligasining eng yaxshi o‘yinchilari jamoasi o‘rtasidagi o‘yin 23 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.