"Manchester Yunayted" Amerikadagi mavsumoldi yig‘ini doirasida kecha "Vest Xem"ga qarshi o‘yin o‘tkazdi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Ushbu o‘yinni tomosha qilish uchun "MetLife Stadium"ga kecha 82,556 nafar muxlis tashrif buyurdi.
E’tiborlisi, aynan AQSH mezbonligida o‘tgan KO‘JCH-2025 finalida "PSJ" - "Chelsi" bellashuviga (0:3) 81,118 nafar muxlis kelgandi.