Kecha o'zbekistonlik futbolchi Abbosbek Fayzullaev Istanbulga etib borgani, biroq aeroportdagi muammolar sababli tibbiy ko'rikdan o'ta olmagani haqida malumotlar tarqagandi.
"Championat.asia" sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaev telegram kanalida bergan malumotida hamyurtimiz yangi klubi uchun tibbiy ko'rikdan o'tganini malum qildi.
Ertaga futbolchining transferi elon qilinadi. CSKA ushbu transferdan 7,5 million evro ishlab oladi va ulushning 10 foizini "Paxtakor"ga o'tkazib beradi.
Malumot uchun, ushbu klubda Eldor Shomurodov ham o'ynamoqda.