Massimiliano Allegri: "Milan" Evropaning eng yaxshi jamoasiga qarshi tengma-teng o'ynadi"

  • Mr.NoBoDy 23.07.2025 21:48
  • 51
  • 30

"Milan" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri "Arsenal"ga qarshi o'yin yakunlari haqida gapirdi.

Singapurda o'tgan bahsda "rossoneri" 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

"Evropaning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi o'ynadik. Bo'lgan o'yindan mamnunman, buning uchun biz 15 kun tayyorlangandik. Bizda o'qish, izlanish va rivojlanish uchun vaqt etarlicha.

Futbolchilarda ishlash, mehnat qilish uchun ishtiyoq katta ekanligini ko'rib turibman. Biz to'psiz holatimizda ham o'yinni ancha yaxshilay oldik. Bir qancha vaziyatlarga ham ega bo'ldik, bulardan yaxshiroq foydalanishimiz ham mumkin edi. Biz rivojlanishimiz kerak, hozir esa bu jarayondan mamnunman.

Ha, to'laqonli mamnun emasman, hatto mavsumoldi o'yinlarda ham mag'lub bo'lmaslik kerak, chunki biz mavsumga tayyorlanyapmiz. Lekin biz Evropaning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi o'ynaganimizni ham hisobga olish kerak. Biz bir soat davomida ular bilan tengma-teng o'ynadik. Biroq bu juda kam", - dedi Allegri.

Ўхшаш янгиликлар