Messi va Alba bir o'yinga chetlatilishi mumkin

  • Mr.NoBoDy 23.07.2025 22:40
  • 51
  • 30

Bugun (bizning vaqt bilan ertaga) MLS va Meksika ligalari yulduzlari ishtirokidagi o'yin o'tkaziladi.

MLS tomonidan "Inter Mayami" futbolchilari Jordi Alba hamda Leo Messi ham ushbu bahs uchun taklif qilingandi. Biroq klub murabbiylar shtabi futbolchilarning ushbu o'yinda qatnashmasligini va dam olishlarini istashmoqda. Qoidalarga ko'ra, MLS va Meksika ligalari yulduzlari ishtirokidagi o'yinni uzrli sabab - sog'lig'i yoki oilaviy muammolari bo'lsagina o'tkazib yuborish mumkin. Aks holda futbolchilar MLSning bir o'yinini diskvalifikaciya sababli o'tkazib yuborishga majbur bo'ladi.

Futbolchilar esa o'yinda qatnashishdan bosh tortishgan. Buni Xaver Maskerani ham tasdiqlagan. MLSdagilar esa Messi va Albaga sankciya qo'llash niyatida.

Qayd etilishicha, endi MLS yulduzlarini Irving Losano, Meksika yulduzlarini Serxio Ramos maydonga boshlab tushadi.

Ўхшаш янгиликлар