Ter Shtegen operaciya qilinadi

  • Mr.NoBoDy 24.07.2025 23:16
  • 66
  • 30

Mark Andre ter Shtegen jarrohlik stoliga yotadi.

"Hurmatli muxlislar, men katta fahr bilan "Barselona" libosi va ranglari tushirilgan libosni kiyar ekanman, maydonda va uning tashqarisida, yaxshi-yu yomon kunlarida shu erdaman.

Bugun men uchun og'ir kun. Garchi men o'zimni yaxshi his qilayotgan bo'lsam-da, barcha og'riqlar o'tib ketmagan. "Barselona" tibbiy shtabi bilan faol muhokamalardan keyin biz tezroq tiklanishning yo'lini topdik - belni operaciya qilish.

Oldingi operaciyadan keyin men 66 kun o'tib maydonga qaytgandim. Bu safar kamida 3 oy futboldan tashqarida bo'laman.

Barchangizni tiklanish jarayoni bilan tanishtirib boraman. Qo'rqmang, men hali qaytaman", - deb yozadi futbolchi o'z tvitteriga.

Ўхшаш янгиликлар