Ingliz grandi 28 yoshli futbolchi uchun myunxenliklarning bir nechta takliflarini rad etdi, ammo u baribir Germaniyaga ko'chib o'tadigan ko'rinadi.
Jurnalist Nikolo Skiraning malum qilishicha, tomonlar kelishuvga yaqin. "Bavariya" kolumbiyalik yulduzni 75 mln evroga transfer qiladi. Futbolchining o'zi bilan 2030 yilgacha mo'ljallangan shartnoma bo'yicha allaqachon kelishuvga erishilgan.
Avvalroq Luis Diasni qo'lga kiritishga "Barselona" va Saudiya Arabistoni chempionati vakillari qiziqish bildirayotgan edi. Vingerning "Liverpul" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilda o'z nihoyasiga etadi.