Feliks 30+20 mln evro evaziga "Chelsi"dan "Al Nassr"ga o'tadi - Fabricio Romano

  • Mr.NoBoDy 27.07.2025 17:00
  • 54
  • 30

"Al Nassr" "Chelsi"ning 25 yoshli hujumchisi Joau Feliks transferi bo'yicha kelishuvga erishdi.

Bu haqda jurnalist Fabricio Romano X ijtimoiy tarmog'ida malum qildi.

Manbaga ko'ra, transferning dastlabki qiymati 30 mln evroni tashkil qiladi, biroq bonuslarni hisobga olgan holda bu summa 50 mln evroga ko'tarilishi mumkin. Portugaliyalik futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tish uchun uchib ketishga, keyin esa Saudiya klubiga qo'shilishga ruxsat oldi.

Feliks "Chelsi"ga 2024 yilning yozida Madridning "Atletiko" klubidan o'tgandi. Hujumchi o'tgan mavsumning ikkinchi qismini "Milan"da ijara asosida o'tkazdi. Futbolchining London klubi bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2031 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan malumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 20 mln evroni tashkil etadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar