Kataloniyaliklardan Erik Garsiya, Runi Barji va Dro Fernandes gollarga mualliflik qilishdi. Yaponiyalik safida Taysey Miasiro to'p kiritdi. Kataloniyaliklar safida Markus Reshford debyut qildi.
Hans-Diter Flik jamoasining navbatdagi raqibi Janubiy Koreyaning "Seul" klubi bo'ladi. La Liga yangi mavsumining ilk turida "Barselona" "Malorka"ga qarshi bahs olib boradi.
"Vissel Kobe" (Yaponiya) - "Barselona" (Ispaniya) - 1:3 (1:1)
Gollar: Garsiya, 33 (0:1), Miasiro, 42 (1:1), Barji, 77 (1:2), Fernandes, 87 (1:3).
"Barselona" (1-taym): Joan Garsiya, Balde, Kubarsi, Martines, Erik Garsiya, Gavi, Pedri, Fermin, Torres, Yamal, Rafinya.
"Barselona" (2-taym): Shensni, Arauxo, Kristensen, Kunde, Jofre (Martin, 78), de Yong, Kasado, Olmo, Runi, Reshford (Dro Fernandes, 78), Levandovski.