Bild xabariga ko'ra, markaziy yarim himoyachining transfer narxi 3 mln evro atrofida bo'lgan.
Shuningdek, madridliklar futbolchini 13,5 mln evroga qayta sotib olish huquqini qo'lga kiritgan. Agar "Real" keyinchalik Andresni yuqoriroq summaga qayta sotsa, "Shtutgart" kelishuvdan farqning 50 foizi miqdorida foyda ko'radi.
Ispaniyalik nemis klubi bilan 2030 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.
Yarim himoyachi o'tgan mavsumda "Kastilya" sharafini himoya qilgan, ammo "qaymoqranglilar"ning asosiy jamoasi safida ham La Ligada 2ta o'yinda zaxiradan maydonga tushgan.