"Bugun ikki jamoa muxlislari ajoyib atmosfera yaratib berishdi. Ularga rahmat aytaman. Namanganlik muxlislarga uzoq masofa bosib, bizni qo'llab-quvvatlashga kelishgani uchun rahmat. Ikki jamoa ham medallar uchun kurashmoqda. Birinchi bo'limda o'yinga moslasha olmadik, sababi katta tanaffus bo'lgandi. Ikkinchi taymda esa o'yinimiz ochildi. Bosh murabbiyimiz aytganidek, ko'pgina futbolchilar yig'inga kech qo'shilishdi. Transferlar so'nggi kunlarda amalga oshirildi. Maqsadlarimiz har doim yuqori bo'lib kelgan. Har bir uchrashuvda g'alaba qozonishni maqsad qilganmiz. Rahbariyat ham bizdan shuni talab qilmoqda." - dedi Ruslanbek Jiyanov bugungi bahs haqida.