London klubi franciyalik futbolchini "Bernli"ga sotdi. Ushbu transferdan londonliklar 29 million evro ishlab oldi. Lesli Ugochukvuning o'zi esa yangi jamoasi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi.
O'tgan mavsum futbolchi "Sauntgempton"da ijarada o'ynagandi. U 31 ta uchrashuvda 3 tadan gol va golli uzatmani amalga oshirgandi.