Odil Abdumajidov: "Xato qilishga haqqimiz yo'q, "Qo'qon-1912" bilan 6 ochkolik o'yin bo'ladi"

  • Mr.NoBoDy 09.08.2025 23:32
  • 99
  • 30

Superligada turnir jadvalining quyi qismida bir nechta jamoalar jon saqlash uchun kurashmoqda.

G'uzorning "Sho'rtan" klubi ham elitada qolishga astoydil bel bog'lagan. Eldor Moyliev shogirdlari 17-turda yuqori o'rinlarga intilayotgan "Bunyodkor" bilan safarda bir ochkoni qo'lga kiritdi. Uchrashuvdan so'ng "Sho'rtan" himoyachisi Odil Abdumajidov fikrlarini bildirdi.


- "Bunyodkor"ga qarshi mehmonda o'ynash qanchalik qiyin bo'ldi? O'yin haqida xulosalar qanday, xotirjamlikda fikrlar ham boshqacha bo'lsa kerak? 

-  "Bunyodkor" taktik jihatdan yaxshi jamoa hisoblanardi. Ular bekorga yuqori o'rinlarga kurashayotgani yo'q. Anchagina qiyin o'yin o'tkazdik deya olaman. Shunga qaramay munosib qarshilik ko'rsata oldik. 

- Qo'lga kiritilgan bir ochkoda nima ko'proq rol o'ynadi? 

- Bu o'yinda "Xorazm"ga qaraganda yigitlarning ko'zi yonib turdi. Maydonda borlarini berishdi. 

- "Sho'rtan" uchun har bir o'yin final. Bu bosim yuklashi aniq. O'yinda bu muammo tug'dirmayaptimi? 

- To'g'ri, ayrim epizodlarda muammo tug'diryapti, chunki xato qilishga haqqimiz yo'q. Bu yo'lni o'zimiz tanladik. Nasib qilsa, "Sho'rtan"ni Superligada olib qolamiz. 

- Navbatdagi o'yin "Qo'qon-1912"ga qarshi bo'ladi... 

- Chempionatdagi eng qiyin o'yin kutmoqda. Qo'qonliklar ham biz kabi holatda. Umumiy qilib aytsam 6 ochkolik o'yin bo'ladi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar