Saloh falastinlik futbolchining o‘limidan so‘ng UYEFAga murojaat qildi

  • Mr.NoBoDy 10.08.2025 09:55
  • 129
  • 30

«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh UYEFAning Falastin terma jamoasining sobiq futbolchisi Sulaymon al-Ubayd vafoti haqidagi xabariga munosabat bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, UYEFAning X ijtimoiy tarmog‘ida 41 yoshli sobiq futbolchi vafoti haqida xabar berilgan edi.

«Xayr, Sulaymon al-Ubayd — “falastinlik Pele”. Hatto eng qiyin damlarda ham minglab bolalarga umid bag‘ishlagan iste’dod», — deyilgan edi UYEFA xabarida.

Misrlik futbolchi ushbu xabarni qayta tarqatib, UYEFAdan al-Ubaydning o‘limi sabablari va joyi haqida ma’lumot berishini so‘radi. «U qanday qilib halok bo‘ldi, qayerda va nima uchun? Ayta olasizmi?» — deb yozdi Saloh o‘zining X sahifasida.

Ma’lumot uchun, 2025 yil 6 avgust kuni Falastin futbol assosiasiyasi Sulaymon al-Ubayd G‘azoning janubiy qismida insonparvarlik yordamini kutib turgan paytda Isroilning o‘q uzishi natijasida halok bo‘lganini ma’lum qildi.

U o‘z faoliyati davomida «Ash-SHati», «Markez Shabab al-Amariy» va «G‘aza Sport» klublarida o‘ynab, 100 dan ortiq gol urgan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar