22 yoshli sloveniyalik hujumchi Benyamin Sheshko klubdagi birinchi kunida "Manchester Yunayted"ning mashg'ulot markaziga qizil Jeep'da keldi. Klub yangi futbolchining jamoadoshlari bilan uchrashgani va 5 yillik shartnoma imzolagani aks etgan parda ortidagi videoni joylashtirdi.
Biroq ijtimoiy tarmoqdagi muxlislar etiborini nafaqat uning o'tishi, balki avtomobilning o'zi ham tortdi.
Muxlislardan biri: "Yolg'on gapirmayman, tanlov masalasida didsiz ekan", deb yozgan. Boshqasi: "Bu Jeep'ning nomi nima?", deb so'ragan. Uchinchisi qo'shimcha qilgan: "Umid qilamanki, u mashinalarni tanlao'dan ko'ra yaxshiroq o'ynaydi".
Xullas, Sheshkoning mashina bo'yicha tanlovi "Yunayted" muxlislarining asosiy muhokama mavzusiga aylandi.