Unda futbol jamoatchiligi, mutaxassislar, faxriylar, klub vakillari va muxlislar ishtirok etdi. Tadbirda so'z olganlar jamoani xotirlar ekan, "Paxtakor" butun O'zbekistonni dunyoga tanitgani, muxlislarning faxri bo'lgani, fojia sababli futbolimiz katta yo'qotishga uchraganini alohida takidladilar.
"Samoga sochilgan yulduzlar" nomi hech qachon unutilmaydi. Yildan yilga ularning siymolari yosh avlodga faxr tuyg'usi bilan ko'chib o'tmoqda.