O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (MTRK) tasarrufidagi “SportTV” va “FutbolTV” telekanallari Yevropaning kuchli beshlik chempionatlari — Ispaniya La Ligasi, Fransiya Liga 1, Italiya A Seriyasi hamda Germaniya Bundesligasi translyasiya huquqini qo‘lga kiritdi. Bu haqda jurnalist Otabek Jo‘rayev o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Manbaning qo‘shimcha qilishicha, yangi mavsumdan boshlab ushbu telekanallar nafaqat mazkur to‘rt chempionatni, balki Italiya kubogi, Angliya kubogi kabi nufuzli turnirlarni ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda namoyish etadi.
Shuningdek, noyabr oyida Qatarda bo‘lib o‘tadigan 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionati, Osiyo Chempionlar Ligasi, hamda 2026-yilda AQSH, Meksika va Kanada mezbonlik qiladigan kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionati ham “SportTV” va “FutbolTV” orqali namoyish qilinadi.