Fabricio Romanoning so'zlariga ko'ra, Shimoliy London klubi 21 yoshli braziliyalik futbolchiga faol qiziqish bildirmoqda. Savino bilan shartnoma imzolashni "Tottenxem" bosh murabbiyi Tomas Frank shaxsan maqullagan, u janubiy amerikalik bilan ishlashni juda xohlaydi.
Eslatib o'tamiz, Savinoning o'zi ham klub ro'yxatini o'zgartirishga qarshi emas. Mutaxassislar uning transfer qiymatini 50 million evroga baholamoqda.
Savio Moreyra o'tgan mavsum "shaharliklar" libosida 29 o'yinda qatnashib, 1 ta gol urgan va 8 ta golga assistentlik qilgan.