Superliga. "Neftchi" – "Nasaf" 1:0 (matnli translyaciya)

  • Mr.NoBoDy 11.08.2025 20:16
  • 72
  • 30

Superliga 18-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Nasaf" uchrashuvi boshlandi.

Superliga, 18-tur

"Neftchi" – "Nasaf" 1:0 LIVE

11 avgust 2025 yil. Farg'ona. "Istiqlol" stadioni. 19:00

Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Andrey Capenko, Timur Gaynullin, Umid Rahimjonov

Nazoratchi: Marat Ismoilov

VAR: Axrol Risqullaev

AVAR: Sherzod Azamov

Gol: Jamshid Iskanderov 28 penalti, - 1:0. 

"Neftchi": 1.Botirali Ergashev, 4.Boyan Ciger, 5.Ikrom Aliboev, 7.Abror Ismoilov, 9.Joel Kojo, 10.Jamshid Iskanderov, 20.Anvar G'ofurov, 21.Muhsin Ubaydullaev, 22.Alisher Odilov, 23.Yovan Jokich, 34.Farruh Sayfiev.

Zaxira: 45.Akbar To'raev, 8.Vladimir Yovovich, 11.Quvondiq Ro'ziev, 24.G'ulom Haydar Gulyamov, 30.Omadillo Abdumannopov, 32.Zoran Marushich, 33.Shohrux Yoqubjonov, 70.Silvanus Nimeli, 77.Bilol Toshmirzaev.

"Nasaf": 35.Abduvohid Nematov, 5.G'olib G'aybullaev, 6.Murodbek Rahmatov, 8.Zafarmurod Abdirahmatov (20.Yusuf Otubanjo, 35), 10.Dragan Cheran, 18.Husayn Norchaev, 24.Sardorbek Bahromov, 28.Shuhrat Muhammadiev, 34.Sherzod Nasrullaev, 77.Oybek Bozorov (19.Stefan Cholovich, 46), 92.Umarbek Eshmurodov.

Zaxira: 1.Oleksandr Vorobey, 2.Alibek Davronov, 7.Adenis Shala, 14.Sharof Muhitdinov, 17.Suhrob Nurulloev, 22.Igor Golban, 33.Bahodir Xalilov.

Ogohlantirishlar: Sherzod Nasrullaev 39, 

Chetlatish: Farruh Sayfiev 23. 


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH



51. ZARBA! Kojoning jarima maydoni ichidan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi! 

46. Ikkinchi taym boshlandi 

46. O'zgarish. "Nasaf". Bozorov o'rniga Stefan Cholovich tushdi 


45+4. Birinchi taym yakunlandi, hozircha 1:0

45. Birinchi taymga 4 daqiqa qo'shildi 

45. ZARBAAAAA! Sardorbek Bahromovning kuchli zarbasidan keyin yana Botirali Ergashev seyv namoyish etdi! 

44. ZARBAAAAA! Shuhrat Muhammadievning kuchli va aniq zarbasidan keyin Botirali Ergashev to'pni qaytardi!

39. Ogohlantirish. "Nasaf". Sherzod Nasrullaev

35. O'zgarish. "Nasaf". Penalti olib kelgan himoyachi Zafarmurod Abdirahmatov o'rniga hujumchi Yusuf Otubanjo tushdi

30. UXXXX! Bahromov uzatgan to'pni Norchaev jarima maydoni ichidan darvozaga yo'lladi, to'p yo'liga Anvar G'ofurov to'g'anoq bo'ldi! 

28. GOL! Jamshid Iskanderov penaltidan hisobni ochdi - 1:0

26. PENALTI! "Nasaf" darvozasi tomon! Abdirahmatov Odilovni yiqitgani uchun

23. QIZIL KARTOCHKA! Farruh Sayfiev 

23. UXXXX!Farruh Sayfiev hozir Abdirahmatovning oyog'ini bosib ketdi, VARga murojaat qilinmoqda 

18. Xavfli vaziyat. Alisher Odilovning jarima maydoniga uzatgan to'piga Kojo eta olmadi, Iskanderovning zarbasi kuchsiz chiqdi, Nematovga bu qiyinchilik tug'dirmadi. 

15. "Nasaf" safarda bo'lsa ham to'pni ko'proq nazorat qilmoqda, "Neftchi" qarshi hujumda o'ynamoqda 

9. Alisher Odilov maydon markazida shifokorlar yordamiga muhtoj, unga shifokorlar yordam berishdi. 

8. Hozircha xavfli vaziyatlar yo'q, jamoalar bir birlarini o'rganishmoqda

1. O'YIN BOSHLANDI!

- "Paxtakor-79" xotirasi uchun bir daqiqalik sukut saqlanmoqda 

- Uchrashuv soat 19:00da boshlanadi. 

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar