Luis Enrike: "Tottenxem" bir oydan buyon tayyorlanmoqda, biz esa bir hafta shug'ullandik xolos"

  • Mr.NoBoDy 13.08.2025 13:32
  • 48
  • 30

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike "Tottenxem"ga qarshi bo'lib o'tadigan Evropa Superkubogi o'yinidan oldin o'z fikrlarini bildirdi.

O'yin bugun, 13 avgust kuni tunda Italiyaning Udine shahridagi "Blyuenerji" stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuvni portugaliyalik Joau Pedru Pineyru boshqarib boradi.

"Bu safar mavsumni biroz boshqacha boshlaymiz. Final - katta voqea, katta bosqich. "Tottenhem"ga qarshi o'yinimizni intiqlik bilan kutmoqdamiz.

"Tottenhem"ning rejasi qanday bo'lishini bilmayman. Jamoa yaqinda murabbiyni almashtirdi. Ular bir oydan beri birga mashq qilishadi, biz esa atigi bir hafta. Lekin bu bahona emas. Borimizni beramiz", - deya Enrikening so'zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.



Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar