"Qayrat"ga bir qadam qoldi. ECHL saralashining so'nggi bosqichi qanday ko'rinish oldi?

  • Mr.NoBoDy 13.08.2025 22:48
  • 51
  • 30

Evropaning klublar miqyosidagi eng nufuzli turnirining liga bosqichiga saralash bashlari o'zining eng qaynoq nuqtasiga chiqdi.

Hozirga kelib, oldinda bizni so'nggi bosqich kutib turibdi. Pley-offning so'nggi bosqichida uchrashuvlar uy-safar tizimida o'tkaziladi va ikki o'yin natijasiga ko'ra g'alaba qozongan jamoa ECHL liga bosqichiga yo'llanma oladi. Etiborlisi, davogarlar orasida Qozog'istonning "Qayrat" klubi ham bor. "Qayrat" uchun so'nggi imtihon "Seltik"ka qarshi bo'ladi. Bundan tashqari, bizni "Fenerbahche" – "Benfika"  olovli to'qnashuvi ham kutib turibdi. Saralashning so'nggi bosqich o'yinlari 19-20 va 26-27 avgust kunlari o'tkaziladi.


"Ferencvarosh" – "Qorabog'" 19 avgust, 27 avgust

"Crvena Zvezda" – "Pafos" 19 avgust, 26 avgust

"Bazel" – "Kopengagen"  20 avgust, 27 avgust

"Budo Glimt" – "Shturm Graz" 20 avgust, 26 avgust

"Seltik" – "Qayrat" 20 avgust, 26 avgust


"Reynjers" – "Bryugge" 19 avgust, 27 avgust

"Fenerbahche" – "Benfika"  20 avgust, 27 avgust


Malumot uchun, yuqoridagi besh juftlik chempionlar yo'li orqali bu bosqichga etib kelishdi. Oxirgi ikki juftlik esa liga yo'li orqali ECHLga yo'llanma olishga harakat qiladi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar