Dembele – 2025 yilda golli harakatlar bo'yicha Evropaning eng yaxshi futbolchisi

  • Mr.NoBoDy 14.08.2025 13:32
  • 54
  • 30

Usmon Dembele ajoyib mavsumni davom ettirmoqda. PSJ kecha "Tottenxem"ni penaltilar seriyasiga ko'ra mag'lub etib, UEFA Superkubogini qo'lga kiritdi.

Ushbu bahsda franciyalik hujumchi yana asosiy qahramonlardan biriga aylandi.

Aynan uning uzatmasidan so'ng Gonkalu Ramush 90+4-daqiqada hisobni tenglashtirdi va parijliklarga g'alaba qozonish imkoniyatini berdi.

Dembele uchun bu 2025 yildagi samarali harakat qilgan 37-o'yin: 27 gol va 10 golli uzatma. Bu ko'rsatkich Evropaning top-5 ligasidagi barcha futbolchilar orasida eng yaxshisi bo'lib, uning eng yaqin taqibchisi kamida 6 ochko ortda bormoqda.

Uning hozirgi formasi va o'yinga tasirini hisobga olsak, Dembele bu yil "Oltin to'p"ga asosiy davogar sifatida ko'rilmoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar