Eldor Shomurodov "Viking"ga qarshi bahsdan so'ng nimalar dedi?

  • Mr.NoBoDy 14.08.2025 15:48
  • 39
  • 30

Kecha "Istanbul Bashakshehir" Konferenciyalar Ligasi 3-saralash bosqichi doirasida "Viking"ga qarshi bahs olib borib, durang qayd etdi (1:1).

Uchrashuvdan so'ng golli uzatma muafllifiga aylangan Eldor Shomurodov fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

"Keyingi bahsda gol urishga harakat qilaman. Biz ushbu raunddan o'tdik, endi keyingi bosqichdan ham o'tib olishimiz kerak. Yaxshi jamoa shakklangan. Hozir har uch kunda o'ynamoqdamiz. Bunga tayyor bo'lishimiz kerak", – dedi Eldor Shomurodov kechagi bahsdan so'ng.

Malumot o'rnida, "Istanbul Bashakshehir"ning keyingi o'yini "Kayserispor"ga qarshi kechadi. Bahs 17 avgust kuni 23:30 da boshlanadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar