"Manchester Siti" Rodrigo borasida "Real" bilan muzokaralarni boshladi

  • Mr.NoBoDy 14.08.2025 14:48
  • 54
  • 30

"Manchester Siti" rahbariyati "Real" bilan yozgi transfer oynasida braziliyalik hujumchi Rodrigoning transferi bo'yicha muzokaralarga kirishdi.

Insayder Nikolo Skiraning so'zlariga ko'ra, klublar 24 yoshli braziliyalik futbolchining "Siti"ga o'tishi bo'yicha muzokaralarning birinchi bosqichini muvaffaqiyatli yakunlagan. Manchester jamoasi boshliqlari Rodrigoga 2030 yilgacha mo'ljallangan uzoq muddatli shartnoma taklif qilishga tayyor. 

Takidlash joizki, "Real" futbolchini sotishdan kamida 100 million evro ishlab olmoqchi. Braziliyalik futbolchining o'zi ham Premer-ligaga o'tishga qarshi emas.

Eslatib o'tamiz, Rodrigo o'tgan mavsum "qaymoqranglilar" safida Ispaniya chempionatida 30 o'yin o'tkazib, 6 ta gol urgan va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar