"Chelsi" KJCHdagi bonuslarini Diogu Jotaning oilasiga xayriya qiladi

  • Mr.NoBoDy 14.08.2025 13:56
  • 60
  • 30

"Chelsi" futbolchilari Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida g'alaba qozongani munosabati bilan oladigan bonuslarini "Liverpul"ning vafot etgan vingeri Diogu Jota va uning ukasi Andre Silvaning oilasiga hadya etadi.

Bu haqda "The Athletic" internet nashri xabar berdi. Manbaga ko'ra, Jotaning oilasi taxminan 15,5 million dollar (13,3 million evro) oladi.

"Chelsi" Jahon chempionati finalida PSJni 3:0 hisobida mag'lub etgandi. 

Eslatib o'tamiz, Diogu Jota ukasi bilan birga Ispaniyada avtohalokatga yo'liqqandi. Fojiali voqea 3 iyul kuni yuz bergan.

"Qizillar" tarkibida portugaliyalik vinger Angliya Premer-ligasi va ichki kuboklarni qo'lga kiritgan. Portugaliya terma jamoasi bilan UEFA Millatlar Ligasi sohibiga aylangan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar