Kataloniya klubining 8 nafar futbolchisi La Ligada ro'yxatdan o'tmaganligicha qolmoqda.
Jarohat olgan Mark-Andre ter Shtegenning o'rniga darvozabon Joan Garsiya ham tarkibga kiritilishi kutilmoqda. Biroq qolgan 7 nafar futbolchi hamon ro'yxatdan o'tmagan. Ushbu ro'yxatga Voycex Shensni, Markus Reshford, Oriol Romeu, Runi Bardagji, Ektor Fort, Jerar Martin va Mark Bernal kiritilgan.
Bu futbolchilarning bazilari yoz oxirigacha klubni tark etishi kutilmoqda, ammo qolgan o'yinchilar bilan ro'yxatdan o'tish bilan bog'liq muammolar saqlanib qolishi mumkin, chunki "ko'k-anorranglilar" hali ham La Liganing moliyaviy talablariga javob berolmayapti.
"Barselona" yangi mavsumni safarda "Malorka"ga qarshi o'yin bilan boshlaydi. O'yin 16 avgust kuni bo'lib o'tadi.