iks
ads

Gvardiola Rodridan nima istayotganini aytdi

  • Mr.NoBoDy 23.08.2025 09:48
  • 75
  • 30

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola Rodrini maydonga tushirishga shoshilmasligini malum qildi.

"Rodridan men faqat barqaror holatni xohlayman. U hali to'liq tayyor emas. Men uning mahoratiga shubha qilmayman. Rodri hamon dunyoning eng yaxshi futbolchisi. Yangi "Oltin to'p" sohibi bir necha oydan keyin aniqlanadi. Hozircha eng yaxshisi hali ham Rodri", - dedi Gvardiola.

Eslatib o'tamiz, Rodri oyog'idan olgan jiddiy jarohatidan so'ng klublar o'rtasidagi JCHda ishtirok etgandi, biroq yarim himoyachi "Al Hilol"ga qarshi bahsda yana jarohat olib, sentyabrning o'rtalarigacha safdan chiqqandi.

Ўхшаш янгиликлар