iks
ads

Sunʼiy qoplamali futbol maydoni, maysa granulalarini, oʻrnatish va montaj ishlarini amalga oshirish boʻyicha shartnoma tuzish huquqi uchun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tender e’lon qiladi

  • Mr.NoBoDy 23.08.2025 10:05
  • 48
  • 30

BARCHA QURILISH TASHKILOTLARI DIQQATIGA!

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi Buxoro viloyati mintaqaviy futbol akademiyasiga sunʼiy qoplamali futbol maydonini hamda granulalarini, oʻrnatish va montaj ishlarini amalga oshirish boʻyicha bosh pudratchi tashkilotni tanlash yuzasidan O‘FA tomonidan tender eʼlon qilinadi.

Obyektning narxi: 3 103 500 000 soʻm

Obyektni foydalanishga topshirish muddati: 3 oy.

Obyektning moliyalashtirish manbai: Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi mablagʻlari hisobidan.

Mutaxassislar tender obyektiga oʻxshash obyektlarda ishlash boʻyicha ish tajribasi, shartnoma tuzish boʻyicha fuqarolik huquqdorligi va vakolatlariga ega boʻlishlari zarur.

Tender predmeti boʻyicha hujjatlarni tender tashkilotchisi — O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (manzil: Toshkent shahar Shayxontohur tumani I.Karimov ko‘chasi 98 A uy) Xarid komissiyasidan dushanba–juma kunlari soat 9:00 dan 18:00 gacha olish mumkin.

Shuningdek, mazkur eʼlonga ushbu obyektning tender hujjatlari ilova qilinadi.

Извещение о проведении тендера на право заключения договора

Тендерная документация

Tender hujjatlari

Tender otkazilganligi to’g’risida bildirishnoma

Ўхшаш янгиликлар