AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiya rahbari Vladimir Putinni 2026-yilgi futbol jahon chempionatiga, jumladan Qo‘shma Shtatlarda o‘tkaziladigan final bosqichiga taklif etishi mumkinligini bildirdi.
Amerikalik siyosatchi bu bayonotni Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) rahbari Janni Infantino bilan uchrashuvda ma’lum qildi. Uchrashuv YouTube'da jonli efirda namoyish etildi. Oq uy rahbari jurnalistlarga Alyaskada yaqinda bo‘lib o‘tgan sammitda rossiyalik hamkasbi bilan tushgan rasmini ko‘rsatgan va Putin jahon chempionatiga kelishini aytgan.
“U voqealarning rivojiga qarab kelishi yoki kelmasligi mumkin”, dedi Tramp va “keyingi bir-ikki hafta ichida ko‘plab voqealar sodir bo‘lishi kutilayotganini” qo‘shimcha qilgan.